...
17.04.2024
47 marta o'qildi

Qozog‘istonning “Infozakon” elekron nashri “1-7 may kunlari qadimiy va betakror Surxondaryo zaminida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi” sarlavhali maqolani (http://infozakon.kz/life/24789-v-mae-uzbekistan-soberet-folkloristov-i-ozhidaet-turistov-so-vsego-mira.html)e’lon qildi.

 

 

Maqolada “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga ko‘rilayotgan qizg‘in hozirlik, festival dasturidan o‘rin olgan tadbirlar, ushbu nufuzli festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad haqida Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek To‘rayevning fikrlaridan iqtiboslar keltirilgan.

 

 

“Hozirgi kunga qadar xalqaro tanlovda Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Ruminiya, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston kabi davlatlarning taniqli folklor jamoalari ishtirok etish istagini bildirgan”, – deya ta’kidlangan maqolada.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?