Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov boshchiligidagi ishchi guruh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-sonli qaroriga asosan Sariosiyo tumanida davlat dasturlari asosida qurilishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlari bilan yaqindan tanishdilar.
Xususan, o‘rganishning keyingi manzili tumanning “Shohjahon” mahallasida joylashgan yoshlarimizning sifatli ta’lim olishlari uchun yangidan qurilishi rejalashtirilgan 22-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish va belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan buyurtmachi, loyihachi va pudratchi korxona rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.