Sariosiyo tumani hokimligi-Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Sariosiyo tumanida o‘rganishlari davom ettirildi.
...
03.04.2024
108 marta o'qildi

Xususan, Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joylar qurilishi bilan tanishilib, qurilishni yanada jadallashtirib qisqa muddatlarda foydalanishga topshirish, xonadonlarning narxi aholiga sotib olish uchun qulay bo‘lishi, qurilishda ishlayotgan ishchilarni rasmiy sektorga o‘tkazish orqali “yashirin iqtisodiyot”ga barham berish masalalari ta’kidlab o‘tildi.

 

 

 

 

Bunadan tashqari, hududlarda aholiga ko‘rsatilgan kommunal xizmatlarni sifatli hamda qulay qilib amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va topshiriqlar berilib, soha mas’ullarining axboroti tinglandi.

 



Shuningdek, kredit ajratilishi kechikayotgan 3 nafar tadbirkorning murojaatlari nazoratga olindi.

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?