Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayevning har hafta bo‘lib o‘tadigan fuqarolar qabulidan tashqari mahallalarda sayyor qabullar, aholi va yoshlar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, bugungi sayyor qabul tumanning 1-sektor hududidagi Bog‘ishirin mahallasida o‘tkazildi. Qabulda Bog‘ishirin mahallasi faollari hamda aholi va yoshlar ishtirok etishdi.
Qabul davomida, aholi va yoshlar tomonidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.