Sariosiyo tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abduqodir Donayev tumanning “Bog‘iobod” mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaatlari tinglandi.
Xususan, tuman tuman hokimi A.Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, uyma-uy, mahallama-mahalla yurish orqali har bir xonadonga kirib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida, “Bog‘iobod” mahallasida aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda, aholi va yoshlarning ish bilan ta’minlash, qurilish masalalari, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit ajratish kabi murojaatlari tinglandi.
Qabulda yo‘llangan murojaatlarning ayrimlari shu yerda o‘z yechimini topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.