BIRLASHMOQ DAVRI
Iqbol Mirzo:
Ayonki, “jadid” so‘zi “yangi” demakdir — fikrda, axloqda, ilmda, Vatanga muhabbatda yangilanish demakdir.
Yaqin tarixda o‘tgan jadid bobolarimiz millat oydinlari edi. Ular ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-ilmiy, moddiy-texnikaviy sohalarda yangilikka intilishdi. Inson hurligini qadrlashdi. Vatan istiqloli va millat istiqboli uchun jon fido qilishdi. Biz jadid ziyolilari, fidoyi bobolarimiz orzu qilgan istiqlol zamonida ularni yodga olamiz.