Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga o‘qitish hamda malakali kadrlar bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida Sariosiyo tuman hokimligi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida 21-sonli umumta'lim maktabida tumandagi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari. sportchilar, o‘qituvchilar va o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Besh tashabbus – besh imkoniyat” shiori ostida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbirda, tuman hokimi Abduqodir Donayev mamlakatimizda yosh avlodni ma'naviy barkamol inson etib tarbiyalash, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishni tashkil etish, ularning san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o'qishga qiziqishini oshirish bo'yicha beshta muhim tashabbus doirasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi.
Do‘stim, bekor o‘tmasin kuning,
Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.
Qara, axir, bizga sharoit
Yaratmoqda beshta tashabbus.