BARALLA YANGRASIN OʻZBEK KALOMI!
Har tongni madhiyamiz sadolari bilan qarshi olamiz. Madhiya -qalbida oʻz Vataniga muhabbat va sadoqat tuygʻusi bor har qanday kishida milliy gʻurur, oʻziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uygʻotadi. Yuksak vatanparvarlik tuygʻusi mujassam etgan madhiyamiz bugun taʼlim maskanlarida yosh avlodning Vatanga muhabbat ruhida kamol topishiga xizmat qilmoqda. Sariosiyo tumani 1-umumtaʼlim maktabida “Ertalabgi saflanish” vaqtida maktab pedagog xodimlari va oʻquvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etildi.