Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Bahodir Jalolov ikkinchi chempionlik sari yurishini boshladi. Dastlabki saralashda norvegiyalik Oman Shixa bilan jang qilgan yurtdoshimiz ishonchli gʻalaba bilan chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Jalolov 2-avgust kuni yarim final yo’llanmasi uchun ringga ko’tariladi.