Tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda, tuman hokimi tomonidan ijro intizomi holati, murojaatlar ijrosi, jumladan, yoshlar, qurilish, ijtimoiy soha va eksport masalalari hamda rahbar tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi hudud va tarmoqlar kesimida muhokama qilindi.
Shunga ko‘ra, apparat yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.