Sariosiyo tumani hokimligi-Abduqodir Donayevning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi 2024-yil 9-aprel
...
09.04.2024
88 marta o'qildi

Bugun, 9-aprel kuni Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

 

Qabulda, Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo‘rabekova, sektor rahbarlari hamda tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Qabulda, ijtimoiy himoya, uy-joy sotib olish hamda uchun subsidiya , ish bilan ta’minlash, davolanish uchun order va shu kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 27 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

 

Eslatib o‘tamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har Seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

 

 

 

 

 

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?