Sariosiyo tumani hokimligi-Abduqodir Donayevning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi 2024-yil 25-iyun
...
25.06.2024
55 marta o'qildi

Qabulda tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudirasi, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ish bilan ta’minlash hamda kredit, uy joy ta’miri uchun moddiy yordam masalasidagi murojaatlari o‘rganildi.

 

Har bir murojaat yuzasidan soha mutaxassislari jalb qilinib, aksariyat masalalar shu joyning o‘zida hal etildi. Qolgan masalalar o'rganib chiqish, qonuniy tartibda hal etish uchun mutasaddilarga muddat berilib, ijrosi nazoratga olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?