Sariosiyo tumani hokimligi-Abduqodir Donayev: Har bir murojaat ortida fuqarolarimizning ertasi turibdi
...
10.01.2024
87 marta o'qildi

Abduqodir Donayev: Har bir murojaat ortida fuqarolarimizning ertasi turibdi

Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev hokimlik katta majlislar zalida kun tartibida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan sektor rahbarlari, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari va tashkilot rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi ijro intizomi holati, tadbirkorlar, aholi va ijtimoiy tarmoq orqali kelib tushgan murojaatlarning ijrosi to‘g‘risida to‘xtalib, ushbu masalalar har bir davlat xizmatchisining asosiy e’tiboridagi masala bo‘lishi lozimligi, har bir murojaat ortida insonlarning ertasi turganligini ta’kidladi.

Shuningdek, yig‘ilishda eksport masalalari, yoshlarni IT sohalariga o‘qitish va muassasalarda targ‘ibot ishlarini olib borish, hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab berilib, keyingi yig‘ilishlarda topshiriqlar ijrosi muhokama qilinishi belgilandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?