Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayevning tuman aholisiga bayram tabrigi
Aziz sariosiyoliklar, muhtaram faxriylar!
Bugungi shonli bayram – 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan mo‘tabar faxriylarimizni, ko‘p millatli tumanimiz aholisini samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Ushbu qutlug‘ kunda mard va oliyjanob yurtdoshlarimiz xotirasiga yuksak hurmat-ehtirom bajo keltiramiz.
Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon bo‘lsin!