...
30.01.2024
72 marta o'qildi

Bugun, 30-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida tavallud topgan. Islom Abdug‘aniyevich Karimov (1938–2016 y.y.) – o‘zbek xalqining ulug‘ farzandi, mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi, mamlakatni 1989-yildan 2016-yilga qadar boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisi.

Islom Karimov 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilgan. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan. Birinchi Prezident I. Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni og‘ir xastalikdan so‘ng 78 yoshida vafot etdi. Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrida sobiq Oqsaroy qarorgohi oldida (2017-yil 31-avgust), Samarqandda (2017-yil 2-sentabr), Qarshida (2018-yil 30-yanvar) hamda Moskvada (2018-yil 18-oktabr) uning haykallari tantanali ochilgan.

Shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent xalqaro aeroporti, Farg‘onadagi san’at saroyi, Asakadagi avtomobil zavodiga va bir qator ko‘chalarga, jumladan, Sariosiyo tumanidagi markaziy ko‘chalarning biriga Islom Karimov nomi berilgan.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?