1989-yil 21-oktabr “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.
Yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashadiganlar soni 50 milliondan oshiq ekani hamda 65 ta xorijiy Oliy ta’lim muassasalarida tilimiz o‘rganilishi o‘zbek tilining o‘rni va nufuzi qay darajada ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Milliy qadriyatimiz va davlatchilik timsoli bo‘lgan ona tilimiz har doim dunyo minbarlarida jaranglab tursin!
O‘zbek tili bayrami muborak aziz vatandoshlar!