Hududiy elektr tarmoqlari AJ yagona hisob-raqam orqali istalgan kommunal xizmat uchun to‘lov qilish mumkin bo‘ladi: yangi billing tizimi 2024-yil 1-iyuldan to‘liq ishga tushishi haqida xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, elektr energiya isteʼmolchilariga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatilib, elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etildi. Endi shu tizimni takomillashtirish maqsadida yagona billing tizimi ishlab chiqilmoqda. Tizim 2024-yilning 1-iyul kunidan boshlab to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tizimning mobil ilovasi ham yaratiladi. Ilova orqali isteʼmolchi o‘zi amalga oshirgan to‘lovlar, isteʼmol qilgan elektr energiyasi miqdori, hududida yuzaga kelayotgan avariyaviy holatlar haqida maʼlumotlarni onlayn tarzda olish imkoniga ega bo‘ladi.