XALQ DEPUTATLARI SARIOSIYO TUMAN KENGASHINING OLTMISH UCHINCHI SESSIYASI KUN TARTIBI
- 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish borasida erishilgan natijalar va 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida tuman hokimining hisoboti
(Ma’ruzachi: Sariosiyo tumani hokimi - Donayev Abduqodir Haydarovich)
- Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurorining axboroti.
(Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya)
- Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2023-yilning 4-choragi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti.
(Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya)
- 2023-yilning 4-choragi davomida tumanda soliq tushumlarining o‘z vaqtida undirilishi va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti.
(Ma’ruzachi: Sariosiyo tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i - G.Samiyeva)
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli va 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli qarorlariga asosan biriktirilgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari to‘g‘risida.
(Ma’ruzachilar: 1-sektor rahbari - A.Donayev, 4-sektor rahbari - G.Samiyeva)
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-son Farmonining ijrosi shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2023-yilning 4-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i L.Raimovning axboroti.
(Ma’ruzachi: Sariosiyo tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i - Raimov Latif Erdonovich)
- Sariosiyo tumanida 2023-yilning 4-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash haqida.
(Ma’ruzachi: Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i – E.Xasanov)
- Sariosiyo tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i – E.Hasanov)
- Sariosiyo tuman mahalliy budjetining 2024-yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i – E.Hasanov)
- “Sariosiyo tumanining 2023-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi qaroriga o‘zgartishlar kiritish haqida.
(Ma’ruzachi: Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i – E.Hasanov)
- O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tumanda jamoat xavfsizligi ta’minlash borasida 2023-yilning 4-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidana tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sh.Qosimovning hisoboti to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: Sariosiyo tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i – Sh.Qosimov)
- Sariosiyo tumani hududidagi mahallalarning ma’muriy-hududiy chegaralarini belgilash to‘g‘risida.
(Ma’ruzachi: Kadastrlar palatasi Sariosiyo tumani bo‘limi boshlig‘i - I.Qurbonov)
- Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining hamda doimiy komissiyalarining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida.
- “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sariosiyo tuman bo‘limi qoshida ochilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
(Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)
- Tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarning 2023-yil yakuniga ko‘ra, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan qabristonlar holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.
(Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)
- Sariosiyo tumanida 2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 13-dekabrdagi “Respublikamizda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish, bu borada mahalliy Kengashlar tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 3787-IV/KQ-642-IV-sonli Qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.
- Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputatlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida.
- Boshqa masalalar.