...
29.05.2024
88 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislari zalida tuman hokimi, Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash Kengashi raisi Abduqodir Donayev, Kengash raisi o‘rinbosari - O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i S.Sheraliyev hamda tuman mahallalari raislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan navbatdagi Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Kengash yig‘ilishda, tuman hokimi, Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash Kengashi raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli farmoni hamda PQ-402-sonli qarorida “Mahalla yettiligi”ga belgilab berilgan vazifalarni mas’uliyat va sadoqat bilan bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” vakillari tomonidan yagona savolnoma asosida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish tizimi joriy etilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?