Avvalgi xabarlarda ta'kidlaganimizdek, joriy yil 8-noyabrdan O'RQ-937-son Qonuni kuchga kirdi. Shundan so'ng esa Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida tumanimiz bo'ylab xatlov jarayonlari boshlab yuborildi.
Eslatma: Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering. Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.
Suratlarda: Davlat kadastrlari palatasi Sariosiyo tuman filiali xodimlari ishtirokida "Konchilar” mahallasida xatlov jarayonlari.