Sariosiyo tumani hokimligi-Surxondaryo viloyatida sodir boʻlgan hodisa toʻgʻrisida maʼlumot
...
02.09.2024
45 marta o'qildi

1-sentabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati, Boysun tumani “Koʻlqamish”  MFY hududida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli 604-son qudugʻida burgʻulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.

 

Aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

 

Fuqarolarni tan-jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmagan. Vaziyat toʻliq nazorat ostida. Vahimaga oʻrin yoʻq.

 

Hodisa joyiga tegishli tashkilotlarning vakillari yetib borib, mutaxassislar tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?