...
09.09.2024
25 marta o'qildi

Sariosiyo tumanida uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Mashg‘ulotlar hududiy trenerlar tomonidan tuman markazidagi saylov uchastkalari uchun mo‘ljallangan binolarda interaktiv usullarda – ma’ruza, simulyatsiya, saylov jarayonlarini modellashtirish, video-dars, videorolik, saylovga oid savol-javoblar, test shaklida o‘tkazilmoqda.

 

Mashg‘ulotlarda aralash saylov tizimi, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash, binolarni jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovozlarni sanab chiqish va natijalarni belgilash kabi mavzular qamrab olingan.

 

Mashg‘ulotlarda tuman bo‘yicha mavjud 74 ta saylov uchastkasining jami 222 nafar saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlar o‘qitiladi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?