Sariosiyo tumanining 2024-yil yanvar-iyun oylaridagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari.
-Chakana savdo
2023-yil yanvar-dekabr holatiga chakana savdo hajmi 387,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116,3 foizni tashkil etdi.
-Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi
2024-yilning yanvar-iyun oyida 376,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,1 foizni tashkil etdi.
-Qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari
2024-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 1 027,8 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,0 foizni tashkil etdi.
-Qurilish ishlari
2024-yilning yanvar-iyun oylarida qurilish ishlari hajmi 380,7 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,9 foizni tashkil etdi.
-Sariosiyo tumanining demografiyasi
2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, doimiy aholisi 229,9 ming kishini tashkil etadi. Shundan:
- tug‘ilganlar 2639 nafar;
- vafot etganlar 435 nafar;
- tuzilgan nikohlar 652 nafar;
- nikohdan ajralishlar 104 nafar.