...
10.10.2024
5 marta o'qildi

Bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan (qo‘l terimi uchun) 1500 so‘mdan kredit mablag‘lari ajratilib, terimchilarga ushbu miqdordagi summa har bir kilogramm uchun berib kelinayotgan edi. Bu o‘z navbatida bir muncha qiyinchilik tug‘dirib, terimchilarni mavsumiy ishga jalb qilish holatlarida noqulay vaziyatni keltirib chiqardi.

 

Topshiriqqa muvofiq terimchilarni moddiy rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish hamda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan tezroq yig‘ib olish maqsadida bugundan boshlab, respublikamizning barcha hududlarida terimchilarga paxta terim narxi (qo‘l terimi uchun)ni har bir kilogramm uchun 2 500 so‘m etib belgilandi. 

 

Bunda ushbu mablag‘ning 2000 so‘mi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan, 500 so‘mi klaster hisobidan ajratilib, dalaning o‘zida terimchilarga tarqatiladi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?