Tuman hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, uyma-uy yurish orqali odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Nodirabegim mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda, tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Nodirabegim mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.
Sayyor qabul jarayonida, tuman hokimi A.Donayev tomonidan Nodirabegim mahallasidan xorijda yurgan fuqarolarining oila a’zolari bilan doimiy suhbatlashib turish, ularning talab va istaklaridan kelib chiqib ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bilan ishlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar hamda Sayxunobod tajribasini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Qabul davomida, fuqarolar tomonidan stadion qurish uchun yer maydoni ajratish, elektr ustunlarini yangilash, kontrakt to‘lovini to‘lash kabi masalalarda yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.