Sariosiyo tumani hokimligi-Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo islom turizmi va savdo ko‘rgazmasi (AITEX 2024) o‘z ishini boshladi.
...
24.08.2024
37 marta o'qildi

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari J.To‘rayev, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori M.Joniyev, “Hisor” ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi T.Mirzayevdan iborat Surxondaryo viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

 

Xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilayotgan O‘zbekiston milliy stendi orqali Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati, xorijiy sayyohlarga yaratilgan qulay imkoniyatlar ham targ‘ib etilmoqda.

 

Delegatsiyamiz a’zolari Kuala-Lumpurda Malayziya sayyohlik markazi direktori Siti nur Bayzura binti Moxtar xonim, Malayziya Islom tadqiqotlari markazi rahbari doktor Mohd Hilmi Bin Ramli bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Uchrashuvlarda turizm sohasida o‘zaro hamkorlik, Termiziylar ilmiy merosi va qo‘lyozmalarni o‘rganish bo‘yicha birgalikda tadqiqotlar olib borishga kelishib olindi.
Osiyo mintaqasining 50 ga yaqin mamlakatlari vakillari ishtirok etayotgan ko‘rgazma 25 avgustga qadar davom etadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?