...
18.09.2024
27 marta o'qildi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari doirasida arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi joriy yilning 23-sentabr kuni soat 09:00 da boshlanadi.

 

Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin bo‘ladi.

 

Fuqarolar subsidiya uchun davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda ariza topshirishi mumkin.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?