Joriy yilning 3 noyabr kuni Sariosiyo tuman madaniyat uyida "Korrupsiyaga qarshi kurashish-davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil" mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda tuman Mahalla va nuroniylarni qo’llab quvvatlash bo‘limi rahbari Sh.Raxmonov hamda tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi.
Yig'ilish doirasida korrupsiya holatlariga yo’l qo’ymaslik, korrupsiyaning salbiy illatlari avvalo uning demokratiya va qonun ustuvorligiga putur yetkazishi bo‘yicha fikr mulohazalar bildirilib ishtirokchilariga kerakli tushunchalar berildi.