Sariosiyo tumani hokimligi-Vatanimiz madhiyasi ham uning o‘zi kabi aziz va muqaddasdir
...
07.02.2024
51 marta o'qildi

Davlat ramzlari - vatanparvarlik fazilatini shakllantiruvchi, shu aziz yurtimizni jonu dildan sevishga undovchi muhim vositadir.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlarida o‘zining yorqin ifodasini topdi. Chunonchi, Vatanimiz madhiyasi ham uning o‘zi kabi aziz va muqaddasdir.

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon.
Yashnagay toabad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin, toki bor jahon...

Ana shunday satrlar bilan boshlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz boshimiz uzra hilpiraganda, ozod Vatanimizga nisbatan qalbimizning tub-tubida g‘urur paydo bo‘ladi, hurmat-e'tibor kuchayadi, faxr-iftixor hissi jo‘sh uradi. Bu muazzam sado azmu shijoatli xalqimizning ruhiga ruh, kuchiga kuch bag‘ishlab, yangidan-yangi bunyodkorlik ishlariga da'vat etadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?