Yurtimizda tabiati go‘zal, kishining dilini ravshanlashtiradigan maskanlar juda ko‘p. Shunday joylardan biri Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani markazidan 52 km uzoqlikda, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda tog'lar orasidagi Sangardak qishlog'i yaqinida joylashgan.
Yer sathidan 120 metr balandlikdagi sharshara yozning issiq kunlarida ham yam-yashil va salqin tabiatga ega.
Tog‘lar bag‘ridan oqib tushuvchi zilol suv ko‘zni quvnatadi. Avji bahorda esa Sangardak o‘zgacha ko‘rinish oladi: har bir daraxt, maysa, o‘t-o‘lanlar ham "hayot, hayot" deyayotgandek...
Biz esa sizga ushbu xush manzaralardan uyda turib bahra olishingiz uchun havola etamiz.