Sariosiyo tuman elektr ta’minoti, Kelajaksari mahallasida joylashgan Dashnabod 35/10 kV li podstansiyada o'rnatilgan quvvati 2500 kVA bo'lgan kuch transformatorida nosozlik vujudga kelganligi sababli, Daragiston, Bog'i Samarqand, Sarijar, Kelajak sari hamda Anorzor mahallalarida qisqa muddatli elektr energiyasi uzilishlarini ma’lum qilamiz.
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyat XET hamda Sariosiyo TET xodimlari tomonidan ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Sariosiyo tuman elektr tarmoqlari korxonasi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr soʻrab, ta’mirlash ishlari yakunlangach elektr ta’minoti qayta tiklanishini ma’lum qiladi.