Yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar diqqatiga!
Masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilmagan holda faoliyat yuritilgan taqdirda, 2024-yil
1-yanvardan boshlab ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar sifatida, ya’ni quvur diametri orqali hisob-kitob amalga oshirilishi belgilangan.
Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu tartib 2024-yil 1-fevralgacha oxirgi muddat etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar tomonidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi talab etilgan.
Masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarni o‘z vaqtida o‘rnatishni unutmang!