Sariosiyo tumani hokimligi-"Yuqoori To'palang" milliy tabiat bog'i ma'muriyati ogohlantiradi
...
21.11.2022
412 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-martdagi “O‘rmon fondi yerlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bog‘liq qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 93-sonli qaroriga asosan Sariosiyo tumanida “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i tashkil etildi.

“Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘iga “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligining “Tamshush” va “Zevar” bo‘limlariga qarashli “Kundayijuvoz”, “Ustochi beob”, “Mizot”, “Zanbek”, “Zinchob”, “Kishtut”, “Tamarxud”, “Zevar” hududlaridan jami 27 851 gektar yer maydoni o‘tkazib berildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonuniga asosan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i va uning atrofidagi muhofaza etiladigan hududlarida chorva mollari boqish, ov qilish, daraxt kesish va hududga ruhsatsiz kirish taqiqlanadi.

Yuqorida qayd etilgan qonun buzilish holatlarini sodir etgan jismoniy va yuridik shahslarga qonunda belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llanilishini ma’lum qilamiz.

“Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i ma’muriyati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?