...
02.07.2024
67 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-150-son qarori hamda 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-iyun kunidan 14-iyun kunigacha Sariosiyo tumanidagi “Sardor Parvin” bolalar oromgohida “Yozgi ta’til-2024” Respublika Shaxmat Festivaliga taklif etamiz.

Respublika Shaxmat Festivalida:


a) 8, 10, 12, 14, 16, 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar alohida;


b) 19 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va ayollar alohida;


v) 61 yoshdan yuqori bo‘lgan faxriy shaxmatchilar alohida ishtirok etishadi.

 

Musobaqa davomida, dam olish kunlarida bir qancha sport va ko‘ngilochar tadbirlar hamda ishtirokchilar uchun “Sangardak” sharsharasiga sayohat tashkil qilish rejalashtirilgan.

 

Musobaqaning ochilish marosimi 9-iyun kuni soat 18-00 da, yopilish marosimi esa 14-iyun kuni soat 9-00 da.

 

Ushbu festivalni o'tkzishdan maqsad: 2026-yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasiga tayyorgarlikni va mahorat maktabini kuchaytirish.


Murojaat uchun telefonlar :
+ 99891- 900-19-78
+ 99890- 266-37-90
+ 99893- 633-07-43



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?