Abituriyentlar qaysi fanlardan test topshirishi aniq bo‘ldi. O‘zbekistonda 2023/2024-o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023/24-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fanlar qo‘shimcha tasdiqlanadi.
Fanlar majmuasini ko‘chirib olish uchun havola (pdf)
(https://storage.kun.uz/source/news/Fanlar%20majmuasi%202023-24.pdf)Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan fanlar majmuasini tasdiqlash vakolati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga o‘tkazilgan. Avvallari bu vakolat Davlat qabul komissiyasida bo‘lgani uchun jarayon ancha uzoqqa cho‘zilib ketardi.