Sariosiyo tumani hududiy saylov komissiyasining bugun o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat hamda shahar va tumanlar Kengashlariga saylov natijalari e’lon qilindi.
Saylovda tuman hududidagi 74 ta saylov uchastkalari orqali 75 448 nafar saylovchi ishtirok etgani, bu saylovchilar umumiy sonining 70,9 foizini tashkil etgani qayd etildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 6 nafar, xalq deputatlari viloyat Kengashiga 50 nafar, tuman Kengashiga 25 nafar deputat saylandi.
Jumladan, xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 8 nafar;
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 6 nafar;
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 3 nafar;
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 5 nafar;
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 3 nafar deputat saylandi.
Saylangan 25 nafar deputatning 5 nafari (20 foizi) xotin-qizlardir.
Yig‘ilishda Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, matbuotda e’lon qilinishi belgilandi.