...
24.10.2024
100 marta o'qildi

Xalq deputatlari Sariosiyo tuman kengashining yetmish ikkinchi sessiyasi kun tartibi

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi PQ-3182-sonli va 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi PQ-4102-sonli qarorlariga asosan biriktirilgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda 2024-yilning 3-choragida aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod”, “G‘ijduvon”, “Zarbdor” va “Uychi” tajribalari” asosida, shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish borasida sektorlar rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.

    (Ma’ruzachilar: Sektor rahbarlari – A.Donayev, B.Oltibayev, G‘.Xo‘jamqulov, v.v.b. J.Hakimov) 

 

    2. Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2024-yilning 3-choragi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti.

    (Ma’ruzachi: tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i – Gʻ.Xo‘jamqulov)

 

    3. Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliq tushumlarini o‘z vaqtida undirilishi, prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi holati va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi hamda soliq qarzdorligi bo‘yicha 2024-yilning 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.

    (Ma’ruzachi: tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i – v.v.b. J.Hakimov)

 

    4. Tumanda 2024-yilning 3-choragi davomida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti to‘g‘risida.

    (Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi)

 

    5. Huquqni tasdiqlovchi hujjatlari to‘liq bo‘lmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan yerlar va ushbu yerlardan foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashi Ishchi guruhining hisoboti to‘g‘risida.

    (Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiya)

 

    6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarorining tumandagi ijrosi haqida.

    (Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiya)

 

    7. Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining Odob-axloq komissiyasida tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotini eshitilishi to‘g‘risida.

    (Odob-axloq masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

 

    8. Tumanda “Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi” yo‘nalishida 2024-yil 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Sariosiyo tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sh.Qosimovning hisoboti to‘g‘risida.

    (Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi)

 

    9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori ijrosi hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2024-yil 6-apreldagi “Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka keng jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 10-sonli majlisi bayonnomasida keltirilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Toshmatovaning hisoboti to‘g‘risida.

    (Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

 

    10. “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi va “O‘zbekiston-2030” strategiyasida 2024-yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarni Sariosiyo tumanida o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosarlarining hisobotini doimiy komissiyada eshitilishi haqida.

    (Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari)

 

    11. Sariosiyo tuman mahalliy budjetining 2024-yil 1-2-3-chorak yakuniga ko‘ra yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida. 

    (Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi) 

 

    12. Sariosiyo tuman mahalliy budjetining 2024-yil 3-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

    (Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

 

    13.Tuman hokiming qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining 2024-yilning 3-choragi yakuniga ko‘ra eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan qabristonlar holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotini doimiy komissiyada eshitilishi haqida

    (Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi) 

 

    14. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish.

 

    15. Boshqa masalalar.

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?