«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xabariga (https://t.me/uzrailways_uz/2154)ko‘ra, temir yo‘l izlarini ta’mirlash va modernizasiya qilish rejasi asosida «Alatun — Neguz» temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi ko‘prikda modernizasiya ishlari olib borilishi sabab bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilinadi va harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi.
24-25 noyabr kuni 80-sonli «Toshkent — Termiz» poyezdi Toshkent bekatidan ikki reysga, 25-26 noyabr kuni 79-sonli «Termiz — Toshkent» poyezdi Termiz bekatidan ikki reysga qatnovi bekor bo‘lganligi sababli 681-sonli «Sariosiyo-Toshkent» poyezdida ham 25-26 noyabr kunlari ikkita reys amalga oshirilmaydi.
Ushbu yo‘nalishlar uchun rasmiylashtirilgan chiptalar puli to‘liq qiymatda qaytariladi.