Sariosiyo tumani hokimligi-Termizda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi
...
19.10.2024
14 marta o'qildi

Raqobatbardosh, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, sanoat salohiyatini yanada oshirish, mahalliylashtirishni kengaytirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Elektron kooperatsiya portali markazi bilan hamkorlikda joriy yil 24-25-oktabr kunlari hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi.

 

Sanoat yarmarkasida respublikamiz hududlari va vohamiz ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishishingiz hamda yangi hamkorlar bilan manfaatli shartnomalar tuzishingiz mumkin.

 

Yarmarkada tashkil etiladigan yo‘nalishlar:


qishloq xo‘jaligi;
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash;
kimyo sanoati;
charm-poyabzal va to‘qimachilik;
qurilish materiallari;
oziq-ovqat sanoati.

 

Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Airitom Free Zone”

 

Qo‘shimchalar ma’lumot uchun telefon:


+9976-228-01-90 (2026).



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?