2022 yilning 14 oktyabr kuni soat 9:00 dan 12:30 gacha “Tashkent City Congress Hall”da Prezidentimizning 2020 yil 12 noyabrdagi “Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6109-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Termiz “Intermeks” Xalqaro savdo markazi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda “Intermex” markazining infratuzilmasi va imkoniyatlari, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, viloyatimizning sarmoyaviy va iqtisodiy salohiyati haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, unda B2B uchrashuvlarining o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +998 90 226 39 50
elektron pochta manzili: mfer.surkhan@umail.uz
Barchangizni Termiz “Intermeks” Xalqaro savdo markazi taqdimotiga taklif etamiz!