...
13.04.2024
76 marta o'qildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ barcha iste’dodli dizaynerlarni Hyundai Rotem poyezdining o‘ziga xos va jozibali tashqi ko‘rinishini yaratishga taklif qiladi. Tanlov g‘olibi 100 million so‘m miqdoridagi mukofotga ega bo‘ladi va poyezdda o‘z dizaynidan tashqari g‘olibning bosh harflari ham tasvirlanadi! (https://t.me/uzrailways_uz/8426)

 

Tanlov shartlari:

– Ikkitadan ortiq bo‘lmagan dizayn variantini taqdim eting.
– Ishlaringizni dizayn-nsr@uzrailway.uz elektron manziliga 2024-05-12 gacha yuboring.
– Mavzu satrida ko'rsating: “Hyundai Rotem poezd dizayni tanlovi."
– Aloqa ma'lumotlarini ko‘rsating (F.I.Sh., telefon raqamingiz).

 

O‘z iste'dodingizni namoyon etish va O‘zbekiston temir yo‘llari tarixining bir qismi bo‘lish imkoniyatidan foydalaning!

Barcha savollar uchun telefon orqali murojaat qiling:
+998 71 299 92 66.

Texnik topshiriqni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

(https://railway.uz/uz/informatsionnaya_sluzhba/novosti/35962/)



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?