Surxondaryo viloyati hamda Sherobod tumani hokimliklari, viloyat Turizm boshqarmasi hamkorligida vohamizda uchinchi bor tashkil etilayotgan ushbu sayl, ertaga, 5-noyabr kuni Sherobod tumani “Choʻyinchi” mahallasida joylashgan sport arenasida boʻlib oʻtadi.
Saylning boshlanish vaqti soat 11:00.
Sayl dasturidan anorzorlarga ekskursiyalar, mahsulotlar koʻrgazmalari, eng yirik meva va eng yaxshi sharbat ishlab chiqaruvchisini tanlash, anorni qayta ishlash zavodiga tashrif oʻrin olgan.
Shuningdek, “Eng mazali anor sharbati – 2024”, “Eng mazali anor navi”, “Eng katta anor – 2024”, “Eng chiroyli anor tozalash” nominatsiyalari boʻyicha tanlovlar tashkil etilib, gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Sanʼatkorlarning konsert dasturi namoyish etiladi.
Sherobodga keling, anorning eng sara navlari bilan tanishing, uning ajib taʼmidan bahra oling!