Sariosiyo tumani “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan topilgan taxminan 11 oylik ayiq bolasi turli ko‘ngilsizliklardan asrash maqsadida Toshkent hayvonot bog‘i qoshidagi reabilitasiya markaziga olib kelingani haqida xabar bergan edik.
Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov ushbu ayiq bolasiga nom qo‘yish bo‘yicha tanlov e’lon (https://t.me/Aziz_Abduhakimov/256) qildi. Tanlov g‘olibi yil davomida Toshkent hayvonot bog‘iga bepul kirish huquqini beruvchi sertifikat bilan taqdirlanadi.
Mazkur ayiq Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i turiga mansub bo‘lib, Tabiatni muhofaqa qilish xalqaro ittifoqining “Qizil ro‘yxati” va O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Karantin muddati tugagach, ayiq bolasining holatiga qarab, uni ochiq tabiatga qo‘yib yuborish rejalashtirilgan.