⚠️ Surxondaryoning 4 ta tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Respublikaning tog‘li hududlarida 6-12 fevral kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Jumladan, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida xavf haqida ogohlantirish berildi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.