Bugun, 3-avgust kuni soat 16-00 da tumanning “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida harbiy xizmatchilar tomonidan "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida “Qo‘mondon va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tadi.
Bundan ko‘zlangan maqsad:
- yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yoshlarga Vatan tuyg‘usini singdirish va yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.
Tadbir doirasida:
- harbiy orkestrlarning chiqishlari;
- faxriy qorovul ko‘rgazmali chiqishi;
- qurol sochish va yig‘ish;
- qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishi;
- sport o‘ynilari, jumladan, stol tennis, shaxmat-shashka, arqon tortish musobaqalari;
- zakovat intellektual o‘yinlari va gala konsert ham tashkil qilinadi.
Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar hamda sport o‘yinlari g‘oliblari harbiy qism qo‘mondonligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Barchangizni mazkur tadbirga chorlab qolamiz!