Maktab mas’ullari tomonidan o‘quvchilarning yashash manzillariga “Ogohlantirish xati” ular darslarga muntazam (uch o‘quv kuni va undan ortiq) sababsiz qatnashmagan taqdirda yuboriladi (https://t.me/D_Sobirova_MMTV/767).
“Ogohlantirish xati”da o‘quvchilarning ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi (https://lex.uz/docs/97664)(bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tiladi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun har bir maktabga Milliy gvardiya ofitserlari biriktirilgan.
❗️Bundan ko‘zlangan maqsad, darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligini oshirishdan iborat.