Sariosiyo tumani hokimligi- Pedagoglar kasbiy sertifikat olish uchun my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin
...
06.03.2024
147 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12-fevraldagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.

 

 Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo‘yicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan to‘lov undirilmaydi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?