Joriy yilning 5-7-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Shu sababli, respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida sel kelish hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qiling.