“Oʻztransgaz” ob-havo harorati koʻtarilib, qulay sharoit paydo boʻlgach, respublikadagi barcha AGTKSHlar odatdagi ish tartibida ishlay boshlashini maʼlum qildi.
“Oʻztransgaz” ayrim gaz-zapravkalarda tanish-bilishchilik qilinayotgani hamda ayrim avtotransportlarga metan gaz toʻldirilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ham izoh berdi.
Unda aytilishicha, aholi, ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar har qanday ulgurji isteʼmolchilar, xususan, AGTKSHlarga tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
Eslatib oʻtamiz, anomal sovuq tufayli quvurlarda gaz bosimining keskin pasaygani sababli 12-yanvardan Oʻzbekistondagi barcha avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shaxobchalari faoliyati vaqtincha toʻxtatilgandi.