O‘zbekiston Statistika agentligi 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.
Unga ko‘ra, bu bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi. Oliy Majlisga toponimik obyektlarga nom berish va nomlarni o‘zgartirishni vaqtincha to‘xtatish tavsiya etiladi.
Prezident huzuridagi Statistika agentligi “O‘zbekiston Respublikasida 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar tashkil etiladi. Respublika komissiyasiga bosh vazir Abdulla Aripov raislik qiladi.
O‘zbekistonda 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi: